«Arsenal»ning 100 million evrolik transferi amalga oshmadi

  • 25.08.2026 14:26
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi yozgi transfer oynasi yopilguncha turinlik «Yuventus»ning vingeri Kenan Yildizni sotib olish imkoniyatiga ega emas, deb xabar bermoqda Sports.kz.

 

Italiya ommaviy axborot vositalarida avvalroq 21 yoshli futbolchining 100 million yevro atrofidagi summaga ko‘chib o‘tishi muhokama qilingan edi. Xabarlarga ko‘ra, «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Turkiya terma jamoasi a’zosini jamoaga qo‘shib olishga alohida qiziqish bildirgan. Biroq futbol bozori bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ta’kidlashicha, «Yuventus» pozitsiyasi bu borada umuman o‘zgarmagan.

 

 «Arsenal» doim Yildizni yuqori baholab kelgan. Lekin klub «Yuventus» futbolchini sotish niyati yo‘qligini yaxshi bilardi. Bu mavzu may oyidan beri yopilgan — hech qanday imkoniyat yo‘q, — degan Romano.

Transferga yana bir jiddiy to‘siq sifatida Yildizning og‘ir jarohati qayd etilmoqda. U yangi mavsumda «Yuventus»ning ilk uchrashuvida oyog‘idan jiddiy shikast oldi. Vinger ma’lum muddat maydonga tusha olmaydi, degan taxminlar bor. Endi Yildiz jarohat olgan, shuning uchun bu variantni unutish mumkin, — deya qo‘shimcha qilgan insayder.

 

«Arsenal» esa hujumning chap qanotini kuchaytirish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirmoqda. Bu, jumladan, Gabriyel Martinellini Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga sotish ehtimoli bilan ham bog‘lanmoqda. Nomzodlar orasida «Everton» futbolchisi Iliman Ndiay, «Atletik» vingeri Niko Uilyams va «PSJ» yarim himoyachisi Bredli Barkolya tilga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!