“Arsenal” “Siti”ning eng zo‘r o‘yinchisini oladi

  • 25.04.2026 00:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik pleymeyker Bernardu Silva mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etishini allaqachon ma'lum qilgan edi.

ESPN nashri ma'lumotiga ko‘ra, uning transferi uchun kurashga “Arsenal” ham qo‘shildi. Shuningdek, “Barselona” va “Yuventus” mutasaddilari futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlaganiga ancha bo‘lgan.

Mikel Arteta jamoa o‘yinini kuchaytirish va ichki raqobatni oshirish maqsadida 31 yoshli hujumkor futbolchini Londonga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Bernardu Silva 2017 yilda “Monako”dan 50 million yevroga “Siti” klubiga ko‘chib o‘tgan edi. U jamoa safida 452 ta o‘yinda 76 ta gol va 77 ta assist qayd etgan.

Shuningdek, Bernardu klub bilan 6 marta APL, 5 marta Liga kubogi, 3 marta Angliya Superkubogini, 2 marta Angliya kubogini, hamda bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yutib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!