"Arsenal" uch etakchi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 06.09.2026 19:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» yetakchilari bilan shartnoma masalasida oldinga qadam qoʻymoqda. 

Londonning «Arsenal» jamoasi Martin Edegor, Deklan Rays va Yurrien Timber bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirish boʻyicha faol muzokara olib bormoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbalarga koʻra, ushbu uch futbolchi bilan yangi shartnomalar imzolanishi deyarli aniq hisoblanmoqda. «Kanonirlar» shu yoʻl bilan jamoaning asosiy yetakchilarini yaqin yillarga kafolatli ravishda saqlab qolishni maqsad qilgan.

«Arsenal» yangi mavsumni Angliya premyer-ligasida muvaffaqiyatli boshladi — jamoa dastlabki ikki uchrashuvda umumiy 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. Bugun londonliklar «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!