
"Arsenal" UEFAdan "Benfika"ga qarshi o‘yinni neytral maydonda o‘tkazishni so‘radi
"Arsenal" UEFAdan Evropa Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan "Benfika"ga qarshi birinchi uchrashuvni Lissabondan neytral hududga ko‘chirishni iltimos qildi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Bunga COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani tufayli, sportchilarning mamlakatdan chiqishini taqiqlash mumkinligi sabab bo‘ldi.
O‘z navbatida, portugaliyaliklar "kanonirlar"ning ushbu bayonotiga salbiy munosabat bildirdi. "Benfika" raqiblarini o‘z vatanida qabul qilishni ularning xavfsizligini ta’minlashga to‘liq tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Benfika” – “Arsenal” uchrashuvi 18 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Javob uchrashuvi esa 25 fevral sanasiga belgilangan.
Fikrlar