"Arsenal" yana bir transferni e’lon qildi

  • 25 iyul, 2019, 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Sent-Eten" klubi himoyachisi Vilyam Saliba "Arsenal" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 18 yoshli frantsiyalik futbolchi “kanonirlar” bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan. Ammo, u “Sent-Eten”da qoladi va yangi mavsumni ijara asosida ushbu jamoada o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Saliba o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Arsenal” “Real” yarim himoyachisi Dani Sebalosni ijaraga olgani haqida e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!