"Arsenal" yozdagi eng qimmat transferga qo‘l uryapti

  • 12.06.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga koʻra, soʻnggi kunlarda "Arsenal" rahbariyati havbekni jamoaga qoʻshib olish masalasini yanada faol oʻrganа boshlagan. London klubi bu futbolchi haqidagi dastlabki ma'lumotlarni qishdaёq toʻplagan, endi esa ushbu variantga yana qaytgan. Manbaga koʻra, "Arsenal" vakillari yozgi transfer oynasida bitimni amalga oshirish imkoniyatini baholash maqsadida bir necha marta muzokaralar oʻtkazgan.

Shu bilan birga, "Nyukasl" jamoaning yetakchi oʻyinchilaridan biri bilan osonlikcha xayrlashish niyatida emas. Avvalroq tarqalgan xabarlarda aytilishicha, ingliz klubi havbekni faqat taxminan 115 million yevro atrofidagi taklif kelib tushsagina sotish masalasini koʻrib chiqishga tayyor.

Oʻtgan mavsumda italyanlik futbolchi klub darajasida 53 ta oʻyinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida uchta gol urdi va yettita golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!