Arteta o‘z shogirdini Messiga qiyosladi

  • 18 avgust, 2024, 19:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta Bukayo Sakaning "Vulverxempton"ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi. 

1-tur doirasida "Arsenal" "Vulverxempton"ni 2:0 hisobida taslim etdi. 22 yoshli vinger mazkur bellashuvda gol va golli uzatma muallifiga aylandi. 

"Yaxshi futbolchilar bilan har doim shunday bo‘ladi. Xuddi Messiniki kabi. Men u maydonga tushishi va gol urishini bilaman. 

U buni har doim qiladi va uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Mazkur jarayon futbolchining klassidan dalolat", - dedi "Arsenal" ustozi Mikel Arteta. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!