
Arteta O‘zilni qaydnomaga kiritadimi?
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zilning qaydnomaga kiritilishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Keling, nima bo‘lishini yanvarda ko‘ramiz. Vaziyatni qishki transfer oynasi yopilishiga yaqinroq baholaymiz. Albatta, o‘yinchi maydonga tushmasa, uning baxtli bo‘lishi qiyin. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganda ham u baxtli bo‘lmaydi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” O‘zilni joriy mavsum qaydnomasiga kiritmadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yil yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar