Artur Beterbiev: "Muslim ham, Albert ham juda ​​kuchli bokschi, lekin..."

  • 26 iyun, 2024, 10:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vaznda WBC, IBF va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Artur Beterbiev hamyurtlari Olimpiya chempioni Albert Batyrgaziev(10-0, 7 KO) va ikki karra jahon chempioni, shuningdek, Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Muslim Gajimagomedov(3-0, 2 KO)ga bo‘lajak chempionlik janglarida omad tiladi. 

“Muslim ham, Albert ham juda ​​kuchli bokschi. Ular ko‘p yutuqlarga erishdilar, lekin har doim oldinga intilish kerak. Raqiblar oson emas, lekin o‘ylaymanki, yigitlar muvaffaqiyatga erishadilar va 12 iyul kuni tomoshabinlarni xursand qilishadi. Ularga faqat g‘alabalar tilayman!”, - dedi Beterbiev.

Eslatib o‘tamiz, Batyrgaziev va Gadjimagomedov o‘zlarining chempionlik janglarini 12 iyul kuni Serpuxovdagi boks oqshomida o‘tkazadi. Botyrgaziev yarim engil vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha “vaqtinchalik” chempionlik kamari uchun irlandiyalik Jono Kerroll bilan, Gadjimagomedov esa Bridjerveyt toifasida vakant qolgan WBA chempionlik kamari uchun xitoylik Chjan Chjaosin bilan jang olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!