
Artur Beterbievga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilindi
Rossiyalik bokschi Artur Beterbievga "Geländewagen" avtomobili sovg‘a qilindi. Bu haqda "ChechnyaToday.com" xabar bermoqda.
Mashina Grozniyda bokschining respublikaga kelishi sharafiga o‘tkazilgan tantanali kechadan so‘ng topshirildi. Manbaning qayd etishicha, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov avtomobil Checheniston Respublikasi boks federatsiyasi va Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Axmat-Xajji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat fondi hisobidan berilganini aytdi. Bundan tashqari, manbada Beterbiev Chechenistonning faxrli fuqarosiga aylangani ham xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Artur yarim og‘ir vazn toifasida hamyurti Dmitriy Bivolni mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioni bo‘ldi.
Fikrlar