Artur Beterbievning qachon mashg‘ulotlarga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik bokschi Artur Beterbiev tizzasidan operatsiya qilinadi va besh oydan so‘nggina mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi ESPN. Manbaga ko‘ra, 39 yoshli sportchining meniskusi yirtilgan, shu bois ham Beterbiev(20-0, 20 KO)ning 1 iyun kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan boshqa bir rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol bilan yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jangi qoldirildi. Professional faoliyati davomida Beterbiev 20 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasini erta g‘alaba bilan yakunlagan. U WBC, WBO va IBF chempionlik kamarlariga ega.
Dmitriy Bivol(22-0, 11 KO)ga kelsak, u ham mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelmoqda.



Fikrlar