Artyom Dzyuba Eldor Shomurodov haqida nima deganini bilasizmi?

  • 26 may, 2020, 21:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari uchun kechayotgan kurash hali yakuniga etgani yo‘q, deb hisoblamoqda. Ayni paytda u 13 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Tecno

E’tiborlisi Rossiya terma jamoasining etakchisi mahalliy OAVga bergan intervyusida hamyurtimiz haqida iliq fikrlarni bildirib, to‘purar uchun kechayotgan kurash xususida gapirdi.

- Yakuniy xulosani finish chizig‘iga etib kelinganidan so‘ng chiqarish kerak. Kurash hali yakuniga etgani yo‘q. Eldor Shomurodov nihoyatda yaxshi hujumchi, u menga juda yoqadi.

Kurashga yana Azmun qo‘shilishi mumkin. Albatta, bu qiziq bo‘ladi, kurashamiz. To‘pni kim yaxshiroq pozitsiyada bo‘lsa, o‘shanga uzatish kerak. Agar faqat gollar haqida o‘ylaydigan bo‘lsang, ular kelmaydi. Ochkolar jamg‘arish shart. Bu futbol qonuni.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘purarlar poygasida Dzyubadan so‘ng 11 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!