Arveladze Derdiyok hakida nima deganini bilasizmi?

  • 21.01.2020 22:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol

BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Paxtakor» klubi yaqinda shveytsariyalik tajribali hujumchi Eren Derdiyokni qo‘lga kiritgan holda tarkibini yanada kuchaytirishga erishganidan xabaringiz bor. Tabiiyki, uning «Paxtakor»ga o‘tishida klub bosh murabbiyi Shota Arveladze bosh-qosh bo‘lgani aniq. Nihoyat, u maqsadiga erishib, sobiq shogirdini qo‘lga kirita oldi. Murabbiy esa o‘zining instagramdagi sahifasida Derdiyok haqida shunday yozdi:

- Biz Eren Derdiyokni qo‘lga kiritganimizdan juda baxtlimiz va xursandmiz. U juda yaxshi o‘yinchi. Maydonda qoyilmaqom o‘ynay oladi. Eren jamoamiz uchun nihoyatda muhim futbolchiga aylana oladi. Fikrim shundayki, Derdiyokning «Paxtakor»ga o‘tgani Superliga uchun ham juda foydali bo‘ladi. Ko‘rasiz, uning kelishi «Paxtakor»ga ham, chempionatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
22/01/2020 21:56
Катта холангни хам олиб келгин куй-эчкиларинг хам колмасин узбекни шилиб сувини ичиб сидириб копингни каппайтириб устимиздан кулиб кетавер окахонларинг ёнингда сен бахона улар хам бир нималик булиб колади узинггаям команданггаям олиб келган уйинчиларингаям ....
Davron Jenjayev
22/01/2020 08:43
bu tarkibni manam chempion qila olaman
san zur bulsen chl yut