
Arveladze "Paxtakor" mavsumni qanday o‘tkazgani, koronavirusdan tuzalgan futbolchi va Hamrobekovning holati ular xohlagandek emasligi borasida gapirdi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Andijon" bilan bellashuvdan keyin o‘yin xususida fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Birinchi navbatda klub rahbariyatiga, barcha xodimlarga rahmat aytmoqchiman. Qiyin mavsumda kichik tarix yarata oldik. O‘ylaymanki, chempionatni chiroyli va haqli g‘alaba bilan yakunladik. Endi bor e’tiborimizni kubok bahslariga qaratamiz.
Kubok bahslari ikki haftaga yaqin davom etadi. Uni tez fursatda o‘tadigan kichik turnir deb aytish mumkin. Unga astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu yil Superligada bunday vaziyatda o‘ynadik, Chempionlar Ligasida ham shunday holatda bo‘ldik.
Kozak koronavirusdan tuzalib, mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Hamrobekovning holati esa biz xohlagandek emas, lekin tez orada safga qaytishiga umid qilamiz, - dedi Arveladze.
Fikrlar