
Asensioga "Barsa"dan tashqari yana bir qator top klublar qiziqmoqda
"Real" Madrid futbolchisi Marko Asensio jamoani tark etishga yaqin turibdi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Ayrim manbalar vingerni keyingi manzili "Barselona" bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatdi.
"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, ispaniyalik uchun kurashda "Arsenal" va "Milan" klublari mavjud.
Ma’lumot uchun, Asensio ushbu mavsumda "Real" tarkibida 31 ta o‘yinda ishtirok etgan va 11 ta golda qatnashgan. Ammo jamoa va futbolchi o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha kelishuv amala oshmadi.
Fikrlar