
Asensioning xizmatlariga 3 ta klub jiddiy qiziqish bildirmoqda
"Real" Madrid yarim himoyachisi Marko Asensioda faoliyatini davom ettirish uchun uchta variant bor. Insayder Alberto Pereyraning so‘zlariga ko‘ra, transferga eng ko‘p uchta klub qiziqish bildirmoqda. Bular PSJ, "Milan" va Londonning "Arsenal" jamoalari.
Asensio "Real"ning shartnomani uzaytirish haqidagi so‘nggi taklifini rad etdi. “Qirollik klubi” bundan buyon futbolchini saqlab qolishga urinmasligi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan Marko jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Asensio yangi jamoasida barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi. "Qaymoqranglilar"da Marko so‘nggi mavsumlarda muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmadi.
Fikrlar