Ashhaboddagi xalqaro turnirda belbog‘li kurashchilarimiz munosib natijalarni qo‘lga kiritdi

  • 25 aprel, 16:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Joriy yilning 22-25 aprel kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida goresh (Turkman kurashi) hamda alish (Qirg‘iz kurashi) kurashi bo‘yicha MDH davlatlari o‘rtasida halqaro turnir o‘tkazildi. 

Mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov, kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov, xalqaro toifadagi hakamlar Miranshoh Ro‘ziev, Sergey Txak va 25 nafar polvonlarizmizdan iborat sport delegatsiyamiz qatnashib, munosib natijalarni qo‘lga kiritishdi. 

15 ta davlatdan 200 nafardan ortiq eng sara polvonlar jam bo‘lgan ushbu turnir doirasida tantanali ochilish marosimi va musobaqa so‘nggida taqdirlash marosimlari tashkil etildi va mazkur marosimlarda O‘zbekistonning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etdi. 

Murasasiz va shiddatli tarzda o‘tgan bellashuvlarda polvonlarimiz natijalari qo‘ydagicha ko‘rinish oldi: 

Alish kurash
Erkaklar: 
Oltin medal
70 kg. Oybek Sultonov

Bronza medal 
60 kg. Hayotbek Kamoliddinov
70 kg. Diyor Polvonov
80 kg. Murodjon Hamidov
100 kg. Jasurbek Isroilov
+100 kg. Zaylobiddin Ortiqov

Ayollar: 
Oltin medal
55 kg. Farangiz Abdunabieva 
60 kg. Manzuraoy Mo‘ydinova
70 kg. Dilafro‘z Mamajonova

Goresh 
Erkaklar: 
Bronza medal
75 kg. Murodjon Hamidov
82 kg. Ilhomjon Mashrabov
90 kg. Husniddin Ro‘ziev

Ilhom RAHMONOV tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!