"Aston Villa" katta o‘zgarishga qo‘l urmoqchi

  • 24.04.2025 16:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Aston Villa" rahbariyati "Villa Park" stadionining sig‘imini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC klub vakillariga tayangan holda xabar bermoqda.

Hozirda stadion 42918 kishini qabul qila oladi. Shimoliy tribuna butunlay qayta qurilib, 5 ming o‘rindan 12 minggacha kengaytirilishi kutilmoqda. Qolgan uchta tribunada esa kichik o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

2027 yilning ikkinchi yarmida yakunlanishi mo‘ljallangan ushbu ishlar natijasida stadion 50 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan bo‘ladi. Shuningdek, "Villa Park" 2028 yilda o‘tkaziladigan Evropa chempionati o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun tanlangan stadionlardan biri ekanligi ham ta’kidlab o‘tildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!