“Atletiko” “Barselona”ni qattiq tanqid qildi
“Atletiko” klubi Xulian Al’varesning “Barselona”ga o‘tishi haqidagi xabarlar ustidan kulishga qaror qilgani sababini izohladi.
Madridliklar bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona” yulduzlari uchun turli kulgili transfer takliflarini e’lon qilgan edi.
"Yo‘q, “Atletiko” hech qachon bu darajaga tushmasdi. Biroq so‘nggi oylarda klubimiz futbolchilaridan biriga qarshi haqiqiy axborot hujumi bo‘lmoqda. Atrofda ataylab tarqatilayotgan ma’lumotlar, feyk xabarlar, doimiy hurmatsizlik, “Barselona”ning turli hikoyalar o‘ylab topayotgan media mashinasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘yinlar oldidan bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar...
Ammo, albatta, hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidentini maoshda ushlab turish yoki futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun siyosiy aloqalardan foydalanish xayolimizga ham kelmaydi. Hurmati va qadriyatlar", — deyiladi bayonotda.

Fikrlar