
"Atletiko" O‘zilni tekinga olmoqchi
"Atletiko" klubi germaniyalik futbolchi Mesut O‘zilni yana Ispaniya chempionatiga qaytarmoqchi.
The Sun nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, Madrid klubi 29 yoshli “Arsenal” futbolchisi bilan kelasi yozgi transferlar mavsumida shartnoma imzolamoqchi. O‘shanda O‘zil erkin agentga aylanadi.
O‘zil bu mavsum barcha turnirlarda 9 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 gollig uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, aavlroq nemis futbolchisiga sobiq jamoasi "Real" ham qiziqish bildirayotganligi aytilgan edi.
Fikrlar