"Атлетико" Xulian Al’vares bo‘yicha "Barselona"ga rad javobini takrorladi

  • 29.05.2026 18:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi hujumchi Xulian Alvares bo‘yicha "Barselona"dan rasmiy taklif kelib tushgani haqidagi xabarlarni yana rad etdi.

Avvalroq kataloniyaliklar argentinalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

"Bu navbatdagi yolg‘on, xolos", — deya munosabat bildirdi "Atletiko" rahbariyati.

Marca nashrining yozishicha, madridliklar Alvares sotilmasligini qat’iy ta’kidlamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, 500 million yevrolik tovon puli har qanday ehtimoliy takliflarga qarshi kafolat sifatida belgilangan.

Bundan avval ham "matraschilar" shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqan edi:

"Alvares sotilmaydi. Yolg‘onlar, yarim haqiqatlar va o‘ylab topilgan xabarlardan charchadik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!