ATP. Kambek qurboniga aylangan Nadal final chiptalarini boy berdi

  • 22.11.2020 06:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. Navbatdagi kun bellashuvi ikkinchi finalchini ham aniqlab berdi.

Final ostonasida duch kelgan rossiyalik Daniil Medvedev va ispaniyalik Rafael Nadal muxlislarga haqiqiy shou ko‘rsatib berdi. Dastlabki setni o‘z foydasiga yozdirib qo‘ygan Rafa keyingilarida o‘ziga o‘xshamadi. Yakuniy hisob: 3:6, 7:6(7:4), 6:3. Medvedev foydasiga.

Shu tariqa, rus sportchisi ushbu musobaqa davomida tennis grandlari Rafael Nadal va Novak Jokovichdan ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!