
ATP. Nadal amaldagi chempionni 3 setda mag‘lub etdi
London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. 6-kun bellashuvlarida amaldagi chempion hamda g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bahsi barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.
Setlarning dastlabkisini Nadal o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi setda Tsitsipas tarozi pallalarini tenglashtirishni uddaladi. Har ikki sportchi uchinchi setga geymlar bo‘yicha mutlaqo teng holda etib keldi va g‘alaba qozongan tomon yarim final chiptalarini qo‘lga kiritardi. Yakunda Rafa 6:4, 4:6, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar