
ATP. Nadal qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. Navbatdagi kun bellashuvida ispaniyalik Rafael Nadal hamda Gretsiya sharafini himoya qiluvchi Stefanos Tsitsipas kortga chiqdi.
O‘yin kutilganidek, Nadalning ustunligi bilan boshlandi va ispan raketka ustasi ilk setni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Biroq yunon sportchisi ham bekorga ushbu musobaqada ishtirok etmayotganligini isbotladi va ikkinchi setni tajribali raqibidan tortib oldi. Hal qiluvchi setga kelganda Tsitsipasning xatolari yuzaga chiqishni boshladi. Bundan foydalangan Rafa o‘zining kuchli o‘yinini yana bir bor ko‘rsatib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Yakuniy hisob: 6:4, 4:6, 6:2.
Shu tariqa, jahonning ikkinchi tartib raqamli tennischisi Nadal so‘nggi besh yilda ilk bor, yilning yakuniy turnirida yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Fikrlar