“ATP Open Sud de France – 2018” bosh sovrini kimga nasib qildi

Monpele shahri mezbonlik qilgan “ATP Open Sud de France – 2018” turniri yakunlandi.

Mazkur musobaqaning final uchrashuvida frantsiyalik Lyuka Puy va Rishar Gaske o‘zaro raqobatlashdi.

Teng kurashlar ostida o‘tkazilgan musobaqaning birinchi seti tay-brekka qadar davom etdi. Unda Lyuka g‘alaba qozondi. Ikkinchi setda Risharning o‘yini qovushmadi va 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Lyuka Puy musobaqaning bosh sovriniga sazovor bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!