ATP. Yilning yakuniy turnirida rossiyalik tennischi chempion bo‘ldi!

  • 23 noyabr, 2020, 16:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

London mezbonligida o‘tgan yilning yakuniy turniri o‘z nihoyasiga etdi. Kecha hal qiluvchi bahs o‘tkazildi va turnirning yangi g‘olibi aniqlandi.

Finalga etib kelgan rossiyalik Daniil Medvedev hamda avstriyalik Dominik Tim ushbu bahsda ham haqiqiy shou ko‘rsatib bera oldi. Ilk setni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Tim keyingi setlarda jiddiy qarshilikka uchradi. O‘zida katta kuch topa olgan Medvedev tay-brekda tarozi pallalarini tenglashtirishga erishdi. Ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan Daniil hal qiluvchi setni ham o‘z foydasiga hal etib, bosh sovrinni boshi uzra baland ko‘tardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!