“ATR Ecuador Open – 2018” braziliyaliklar uchun omadsiz o‘tmoqda

“ATR Ecuador Open – 2018” turnirining ilk davrasida braziliyalik Rojerio Dutra Da Silva mag‘lubiyatga uchradi.

Mazkur turnir Braziliya sharafini himoya qilayotgan tennischilar uchun omadsiz o‘tmoqda. Gap shundaki, biroz avval braziliyalik Tomaz Belluchchi musobaqaning yakkalik bahslari bilan xayrlashgan bo‘lsa, Da Silva slovakiyalik Andrey Martinga  5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa Andrey ikkinchi davrada ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi.

Tennis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!