Avstraliya "London-2012" Olimpiadasidagi bronza medalidan mahrum bo‘lishi mumkin

  • 9 noyabr, 2020, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
BEPUL PROPAN

Avstraliya terma jamoasi "London-2012"da 4x100 metr estafetada qo‘lga kiritgan bronza medalini suzuvchi Brenton Rikardning doping-testi ijobiy natija ko‘rsatgani sababli yo‘qotishi mumkin.

Sportchining sakkiz yil oldingi testi qayta tekshirilganda ijobiy natija ko‘rsatdi. Sinamada taqiqlangan furosemid preparati topilgan. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bu masalada Sport arbitraj sudiga (CAS) da’vo arizasini kiritgan.

Ish bo‘yicha sud majlisi 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!