
Avstraliya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Eron esa bu safar BAAni taslim qildi
JCh-2022 saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundi doirasida Avstralich terma jamoasi safarda Ummonga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Aytish kerakki, ushbu durangdan so‘ng Avstraliya o‘z ochkolari sonini 15 taga etkazib oldi va “B” guruhida Saudiya Arabistoni (19) va Yaponiyadan (18) so‘ng 3-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 8 ochko bo‘lgan Ummon esa 4-o‘rinda bormoqda.
Shuningdek, o‘tgan tur mundial yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan Eron bu turni o‘z maydonida BAAga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar