
"Ayaks" o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchini Evropa ligasi qaydnomasiga kirita olmadi
UEFA "Ayaks"ga klub tarixidagi eng qimmat transfer hisoblangan Sebastyan Allerni Evropa ligasi pley-off bosqichi qaydnomasiga kiritmagani uchun bu xatosini tuzatishga ruxsat bermadi.
Amsterdamliklar Allerni qaydnomaga qo‘shish bo‘yicha UEFAga murojaat qilgan, ammo tashkilot ular uchun istisno qila olmasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Ayaks” Allerni qishki transferlar davrida o‘zi uchun rekord summa - 22,5 mln evroga sotib olgan edi. U yangi jamoasida hozircha 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Ayaks” Evropa ligasi 1/16 final bosqichida “Lill”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar