"Ayaks"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Rasman "Ayaks" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Niderlandiyaliklar "Nitstsa" ustozi Franchesko Farioli bilan shartnoma imzoladi.
"Bu erda ekanligimdan juda ham xursandman. Barcha hodimlar bilan astoydil ishlaymiz. "Ayaks"ni yana o‘z darajasiga qaytarmoqchimiz. Shunday ekan, hozirdanoq vaqtni befoyda sarflamasdan ishga kirishamiz", - dedi italiyalik mutaxassis.
Farioli faoliyatini Turkiyada boshlagan. U dastlab "Fotih Karagyumruk"da yordamchi, undan keyin esa "Alanyaspor"ga bosh murabbiyi etib tayinlangandi. 2023 yilning yozida "Nitsa"ni qabul qilib olgan Franchesko klub bilan Frantsiya chempionatini 5-o‘rin bilan yakunladi.
Fikrlar