"Ayntraxt" qachon Van de Bek transferini e’lon qiladi?

  • 17 dekabr, 2023, 15:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt" "Manchester Yunayted"dan Donni van de Bekni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Bu haqda avvalroq Fabritsio Romano xabar bergandi. 

"Sky Sports" nashri ma’lum qilishicha, yarim himoyachi kelasi haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Germaniyaga yo‘l oladi. Undan keyin transfer rasman e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, Van de Bek ijarasi uchun nemislar pul to‘lamaydi. Faqatgina maoshining qanchadir qismini to‘lab berishi mumkin. Shuningdek, "Ayntraxt" uni yozda 10 million evroga sotib olish imkoniyatga ega bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!