
"Ayntraxt"ning 1 ta futbolchisi APLning 5 ta klubini qiziqtirib qo‘ydi
"Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal", shuningdek, "Vest Xem" va "Nottingem Forest" klublari "Ayntraxt"ning 25 yoshli markaziy hujumchisi Omar Marmushga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaning yozishicha, yuqorida tilga olingan APL klublari misrlik futbolchini joriy qishki transfer oynasidayoq sotib olish taklifi bilan chiqishi mumkin. Ta’kidlanishicha, "Ayntraxt" Marmushni 30 million evro evaziga sotishga tayyor.
25 yoshli Marmush joriy mavsum frankfurtliklar tarkibida sakkizta uchrashuvda qatnashib, ettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Ayntraxt” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar