
Azamat Nuftillaev Parijda jang qiladi
Yurtimiz MMA olamining og‘ir vazn toifasining yorqin vakillaridan biri Azamat Nuftillaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. "Ajdar" nomi bilan mashhur yurtdoshimiz 2 sentyabr kuni Parij shahrida tunislik Slim Trabelsiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Mazkur jang kechasi Arec Fighting Championship promousheni tomonidan tashkil etiladi. Ahamiyatli jihati ushbu bahs promoushenning chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Nuftillaev sщngi jangini kuni kecha Buxoro shahrida tashkil etilgan "ATF Championship 12" turnirida gruziyalik Soslan Gasievga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Trabelsi esa so‘ngi bor 25 iyun kuni Ares promoushenida braziliyalik Luis Enrike Oliveyrani ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Azamat Nuftillaevning rekordi 12 ta g‘alaba va bir durangdan iborat bo‘lsa, Trabelsining ko‘rsatkichi 4 ta jang va barchasida g‘alabaga erishgan.
Fikrlar