Azar oltita jamoa taklifini rad etdi

  • 1 sentabr, 2023, 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin ikki oydan beri erkin agent maqomida yurgan Eden Azar futboldan ketishi aniqlashib qoldi.

Ispaniyaning AS nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 32 yoshli hujumkor futbolchi shu yoz o‘ziga bildirilgan kamida oltita taklifga rad javobini bergan. Azarni Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olgan “Inter Mayami” ham chaqirgan edi.

Bundan tashqari, belgiyalik yulduzga Saudiya Arabistoni, Angliya, Ispaniya, Frantsiya hamda Shotlandiya chempionatlaridan chorlov bo‘ldi.

Eden Azar professional futbolchilik faoliyatini yakunlash maqsadida bu takliflarning birortasini ko‘rib chiqqani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!