Aziz G‘anievga Erondan raqobatchi keldi!

  • 21 fevral, 2024, 13:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al-Axli" jamoasi Eron terma jamoasi va Daniyaning "Vayle" klubi yarim himoyachisi Saed Izzatuluhoni o‘z safiga qo‘shib oldi. 27 yoshli futbolchi 66-raqamda harakat qiladi.  Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

E’tiborli tomoni, ayni damda "qizil ritsarlar" tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Azizjon G‘aniev harakat qiladi. Eronlik futbolchi G‘aniev bilan deyarli bir pozitsiyada o‘ynaydi va ular o‘rtasidagi raqobatni ko‘ramiz.

Eslatib o‘tamiz, "Shabab" ayni damda BAA chempionatida 24 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onani egallab turibdi.

patav

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!