
Azmun yoki Fayzullaev? Bu mavsum kimning ko‘rsatkichlari yaxshiroq?
10 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron terma jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi. Ayni vaqtda har ikki terma jamoa "A" guruhida 6 ochko to‘plagan holda, qo‘shhokimlik qilishmoqda.
"Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiluvchi va guruh peshqadamini aniqlab beruvchi mazkur bellashuv oldidan har ikki jamoaning eng yaxshi futbolchilari hisoblangan ayrim ijrochilarni solishtirib chiqamiz.
Demak, Sardor Azmun ("Shabab Al-Ahli") va Abbosbek Fayzullaevni (TsSKA) bu mavsumdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslaymiz.
Abbosbek Fayzullaev: 21 yosh. Transfer narxi - 6 million evro.
Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda:
RPL : 9 ta o‘yin, 2 ta gol va 2 ta assist;
Rossiya Kubogi: 4 ta o‘yin, 3 ta assist;
Jami - 13 ta o‘yin: 2 ta gol va 5 ta assist.
RPLda
2 marotaba hafta ramziy jamoasida;
Paslar - 20.1 (77 foiz aniqlik) (bir o‘yinda o‘rtacha);
Kalit paslar - 1.9 (bir o‘yinda o‘rtacha);
Yaratilgan golli vaziyatlar soni - 4 ta;
Muvaffaqiyatli dribling - 0.2 (13 foiz) (bir o‘yinda o‘rtacha);
Ishlangan follar - 1.7 (bir o‘yinda o‘rtacha);
"SofaScore" portalidagi o‘rtacha to‘plagan bali - 7.33
Sardor Azmun: 29 yosh.Transfer narxi - 8 million evro
Sardor Azmun joriy mavsumda:
BAA Pro-ligasi: 5 ta o‘yin, 5 ta gol va 1 ta assist;
OFK Elit saralashida: 2 ta o‘yin, 1 ta gol;
OFK Chempionlar ligasi: 1 ta o‘yin, 1 ta gol;
BAA liga kubogi: 1 ta o‘yin, 2 ta gol;
Jami: 9 ta o‘yin, 9 ta gol va 1 ta assist.
BAA Pro-ligasida:
Bir marta hafta ramziy jamoasida
Zarbalar - 1.2 ta (Bir o‘yinda o‘rtacha)
Foydalanilmagan golli vaziyatlar - 3 ta
Paslar - 13.4 (76 foiz aniqlik)
Kalit paslar - 1 ta (bir o‘yinda o‘rtacha)
Muvaffaqiyatli dribling - 1.6 (50 foiz aniqlik)
"SofaScore" portalidagi o‘rtacha to‘plagan bali - 7.56.
Ta’kidlash kerak, ko‘plab ko‘rsatkichlar borasida forslar yulduzi Abbosbek Fayzullaevni ortda qoldirgan. Biroq bizning iqtidor egasi hali ancha yosh va Azmunnikidan qiyinroq chempionatda to‘p tepadi. Shunday bo‘lsa-da, Abbosning ham ko‘rsatkichlari chakki emas. O‘ylaymizki, Eronga qarshi o‘yinda Abbosbek o‘z so‘zini ayta oladi va jamoamizning ijobiy natijasi uchun sezilarli hissasini qo‘shadi.
Karim Xudayqulov
Fikrlar