BAA prezidenti kubogi. Masharipov jamoasi finalda!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

BAA prezidenti kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Shabab AL-Ahli" va "Baniyas" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda dubayliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

"Shabab Al-Ahli" safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 68-daqiqada zaxiraga olindi.

Ikkinchi finalchi nomi Otabek Shukurov o‘ynaydigan "Sharja" hamda "Al-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!