
Bahodir Jalolovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum
2025 yilning 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Etiborlisi, ushbu turnirda super og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. Unga frantsiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi buni rasman tasdiqladi. Hamyurtimiz Artur Biyarslanov va Mohamed Mimun o‘rtasidagi markaziy jangning anderkardida kurash olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar