Bahodir Jalolovning printsipial raqibi professional boksga o‘tdi

  • 5 avgust, 2020, 18:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Havaskor boksning +91 kg vazn toifasida 2 karra Osiyo va jahon chempionati kumush medal sohibi qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkabaev professional boksda ham faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Ko‘nkabaev Britaniyaning "MTK Global" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniyaning skauti va menejeri Tomas Stalker xabar bermoqda. Ko‘nkabaev 2019 yilda Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati va Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolovdan mag‘lub bo‘lgandi.

Qolaversa, Tokio Olimpiadasida ham yurtdoshimizga asosiy raqobatchi sifatida qaralayotgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!