Bahrayn-2025: Voleybolchilarimiz nimchorak finalda!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahraynda yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ishtirok etayotgan voleybolchilarimiz saralash bellashuvlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olishdi. Bugun Mo‘g‘uliston bilan bahs olib borgan yigitlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, nimchorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.

Ushbu bosqichda hamyurtlarimizga Indoneziya raqiblik qiladi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!