Balotelli Braziliya klubiga o‘tishni xohlamadi

  • 11.08.2019 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bundan avvalroq italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Braziliyaning “Flamengo” klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, Gazzetta Dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchi faoliyatini vatanida davom ettirmoqchi. U katta ehtimol bilan "Verona" yoki "Fiorentina" klublaridan biriga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli “Marsel” bilan shartnomasi yakunlangach ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!