Balotelli: Pul hayotimizdan ustun emas
"Breshiya" klubi forvardi Mario Balloteli koronavirus sabab Italiya chempionati uchrashuvlarini qoldirilish g‘oyasini ilgari surmoqda.
Qayd etish lozimki, ayni damda Italiyada ushbu virusdan vafot etganlar soni 233 nafarga etdi. Yana 567 nafar inson esa jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
“Pul hayotimizdan ustun emas. Men bu fikrga 100 foiz qo‘shilaman. Men shu la’nati virus tufayli farzandlarimni ko‘ra olmayapman. Bu nima uchun menga kerak? Kimnidir ko‘ngliga keladimi? Yigitlar sog‘liq bilan hazillashishmaydi”, - deydi italiyalik futbolchi.



Fikrlar