
Barchasi hal: Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum
Argentinalik hujumchi Lionel Messining kelajagi haqidagi "ertak" o‘z nihoyasiga etayotganga o‘xshaydi. "Goal.com" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan Saudiya Arabistoni chempionatini zabt etish uchun boradi.
Manbaning qayd etishicha, Messining transferi bo‘yicha kelishuv yopilgan. Shu tariqa, 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab Lionel Yaqin Sharqda "kontsert beradi". Argentinalik uchun eng ehtimoliy yangi klub "Al-Hilol" deya aytilmoqda.
Hujumchi kelasi yozda parijliklar bilan shartnomasi nihoyasiga etgani uchun tekinga Saudiyaliklar safiga o‘tadi.
Fikrlar