"Barsа" orzusidagi yulduzni tekin olish yo‘lini topdi

  • 03.09.2026 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter» jamoasining yetakchi himoyachisi Federico Dimarko faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Unga jiddiy qiziqish bildirgan klublar orasida «Barselona» ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya klubi shoshilmasdan, kelasi yozgacha kutishni rejalashtirgan. Shu vaqtgacha kelib, Dimarko erkin agentga aylanadi va «Barselona» uni transfer uchun to‘lovsiz, bepul tarzda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Futbolchining o‘zi ham «Barselona»ga o‘tish g‘oyasiga ijobiy qarayotgani aytilmoqda. U «Inter» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaslikka va’da bergani, shu orqali kataloniyaliklar uchun yo‘lni ochib qo‘yayotgani ta’kidlanmoqda.

Tomonlar qishki transferlar oynasi davrida yangi mavsum uchun hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazib, dastlabki shartnomani imzolash huquqiga ega. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!