
“Barsa”, darvozabon kerakmi, mana beshtasi...
“Barselona”ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen og‘ir jarohat tufayli uzoq muddat maydonga qaytolmaydi.
Kataloniya klubi zudlik bilan yangi darvozabon olishi kerak.
Ekspertlar Xans-Diter Flikka quyidagi beshta darvozabonni tavsiya qildi. Ular orasida jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhurlari ham bor.
Keylor Navas – o‘z davrida “Real”da porlagan 37 yoshli darvozabon o‘tgan yoz PSJdan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Jordi Masip – 35 yoshli posbon “Barselona”dan chiqqan. Etti yil “Real Sosedad”da o‘ynab, yozdan beri erkin agent.
Loris Karius – “Liverpul”dagi “qovunlari” bilan tanilgan 31 yoshli germaniyalik golkiper yozda “Nyukasl”dan ketganidan buyon jamoasiz.
Edgar Badia – 32 yoshli darvozabon “Elche”ga kerak bo‘lmay qoldi va avgustning oxirida klubdan ketdi.
Jiri Pavlenko – “Verder”dagi faoliyati bilan Xas-Diter Flikka yaxshi tanish bo‘lgan chexiyalik darvozabon yozda ishsiz qoldi.
Fikrlar