“Barsa” 250 million evrolik transferni barbod qildi

  • 11.07.2024 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati klubning moliyaviy ahvoli barqaror emasligiga qaramay, katta transferni amalga oshirishga ko‘nmadi.

Evropa matbuotining yozishicha, kataloniyaliklar PSJning Lamin Yamal transferi bo‘yicha 250 million evrolik taklifini rad etgan.

“Barsa” 16 yoshli futbolchini yangi loyihaning muhim figuralaridan biri, deb biladi va uni hech qanday narxga sotib yubormasligini amalda ko‘rsatdi.

Agar klub parijliklarning taklifini qabul qilganida Lamin Yamal eng qimmat transfer egasiga aylanardi. Hozirgi rekord Neymarga tegishli bo‘lib, PSJ braziliyalik hujumchini 2017 yili “Barselona”dan 222 million evroga transfer qilgan.

Lamin Yamal Germaniyadagi Evropa chempionati yarim finalida to‘p kiritib, jahon va qit’a chempionatlarida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улуғбек
12/07/2024 09:09
Хали ЖЧга бормадику бу бола канақасига гол уради