"Barsa" Alvarеs bo‘yicha yangi rеja tuzdi

  • 20.08.2026 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hali ham Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’varesni jamoaga qo‘shib olish g‘oyasidan voz kechmagan.

Kataloniya klubi uchun argentinalik futbolchini aynan shu yozda olib kelish juda qiyin ko‘rinmoqda. Sababi – «Atletiko» rahbariyati transfer bo‘yicha muzokaralarga umuman tayyor emas. 

Shuningdek, Barca Universal nashri jurnalist Samuel’ Marsdenga tayanib xabar berishicha, «Barselona» Al’vares bo‘yicha rejalarini ortga surmagan. Yanvar oyida ochiladigan qishki transfer oynasida kataloniyaliklar yangi urinishlar qilishi ehtimoldan xoli emas.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Xulian Al’varesning bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi. 26 yoshli hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!