
“Barsa” antiqa rekord o‘rnatdi
“Barselona” jamoasi Ispaniya chempionatining 22 ta uchrashuvidan 17 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, - deb xabar bermoqda OptaJose.
Manbaning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich Ispaniya chempionatining yangi rekordi sifatida qayd etildi.
Avvalgi eng yaxshi natija “Deportivo”ga tegishli bo‘lib, bu jamoa 1993-1994 yilgi mavsumda 16 ta uchrashuvda to‘p o‘tkazmagan.
Kataloniyaliklar joriy mavsumda chempionlikka da’vogarlik qilmoqda. Xavi shogirdlari 19 ta g‘alaba, ikkita durang va bitta mag‘lubiyat bilan 59 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda. “Barsa” futbolchilari jami 45 ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi ettita to‘p olib chiqqan.
Fikrlar