“Barsa” asosiy darvozabonidan ayrilish arafasida

  • 17.05.2024 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Barselona” darvozasini 10 yildan beri qo‘riqlab kelayotgan Mark-Andre ter Shtegen yozda jamoadan ketishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, shgermaniyalik posbonga Saudiya Arabistonining bir necha klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

32 yoshli darvozabonning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazayotgan klub ter Shtegenni sotib yuborishi mumkin.

Marka-Andre ter Shtegen Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 30 million evroga baholanmoqda.

Mohir darvozabon Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Realmuxlisi
17/05/2024 13:07
Shgermaniya yangi davlat